“Buxoro” bosh murabbiy Xomyakov bilan shartnomani uzaytirdi
“Buxoro” Superliganing yangi mavsumiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klub bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi. Bu haqida O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xomyakov “Buxoro”ni 2027 yil 30 dekabriga qadar boshqaradi. Ayni paytda uning shogirdlari Antaliyada o‘quv-yiğin mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, “Buxoro” o‘tgan mavsum 27 ochko jamg‘arib, turnir jadvalidа 14-o‘rinni egallagan edi.
Fikrlar