"Buxoro" Gruziya kubogi sohibi bilan murosa ko‘chasini tanladi
Улуғбек Хошимов
Uchrashuv yakunlandi.
Yangi mavsumga tayyorgarlikni qolgan o‘zbek klublari singari Turkiyaning Antaliya shahrida olib borayotgan "Buxoro" klubi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga chiqdi. Bu safar buxoroliklarga Gruziya kubogi sohibi "Spaeri" klubi raqiblik qildi. Uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tdi. Biroq har ikki jamoa ham gol urishning uddasidan chiqa olgani yo‘q. Shu tariqa "Buxoro" navbatdagi uchrashuvda murosa ko‘chasini tanladi.

Izohlar (0)