
"Buxoro" klubi futbolchilarida koronavirus aniqlanganligi borasida rasmiy xabar
Internetda "Buxoro" klubi futbolchilari koronavirusga chalingani borasida xabarlar tarqaldi.
Shundan so‘ng, klub matbuot xizmati jamoaning telegramdagi sahifasida rasmiy xabar chop etdi. Unga ko‘ra, jamoada virus aniqlangan.
- 17 iyul kuni Sanitariya epidemiologik stantsiyasi xodimlari tomonidan jamoamiz a’zolaridan test tahlillari olingan edi. Kecha ushbu test tahlillariga ko‘ra, 8 nafar futbolchimizda kasallik gumoni aniqlandi, - deyilgan klub xabarida.
Bundan avvalroq, "Bunyodkor", "Surxon", "Paxtakor" klubida infektsiya aniqlangan futbolchilar bor edi.
Fikrlar