"Buxoro" klubida yangi murabbiy ish boshladi

  • 13 yanvar, 2023, 15:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga tayyorlanayotgan “Buxoro” klubi imkoni qadar har tomonlama kuchayish harakatida. Shu bois nafaqat tarkib masalasida, balki murabbiylar shtabida ham o‘zgarish yuz berayotganini aytish mumkin.

Gap shundaki, bosh murabbiy Hakim Fuzaylov o‘zining yordamchilari qatoriga yana bir murabbiyni qo‘shib oldi. Bu siz-u, bizga yaxshi tanish bo‘lgan Akmal Xolmatov. Futbolchilik faoliyati davomida “Neftchi”, “Paxtakor”, “Regar-TadAZ”, “Istiqlol” (Ikkisi - Tojikiston), “PAS” (Eron), “Lokomotiv”, “Andijon”, “Sho‘rtan” kabi jamoalarda to‘p surgan Xolmatov butsalarini mixga ilganiga hali uzoq bo‘lgani yo‘q.

akmal xolmatov

Futbolchilikdan so‘ng o‘zini murabbiylikka bag‘ishlagan Xolmatov bungacha bolalar futbolida ishlab kelayotgandi. Bu yildan boshlab “Buxoro” klubi murabbiylar shtabidan joy oldi. Klub bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov uning klubda ish boshlaganini Sports.uz jurnalistiga tasdiqladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!