
"Buxoro" klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Jamshid Saidov jamoani tark etdi
"Buxoro" klubida o‘zgarishlar yuz berdi. Yakunlangan mavsum Pro ligaga ravona bo‘lgan jamoada murabbiy almashdi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, jamoani boshqarib kelayotgan Jamshid Saidov o‘rnini Qo‘qonda Baxtiyor Ashurmatov bilan ishlayotgan Davron Fayziev egalladi. Shuningdek, maslahatchi murabbiy Aleksandr Xomyakov ham "Buxoro"ni tark etdi.
Avvalroq "Buxoro" klubi matbuot xizmati Jamol Alimov klubning yangi bosh direktori etib tayinlanini e’lon qilgandi.
Fikrlar