"Buxoro" klubining sobiq futbolchisi endi Hindiston chempionatida to‘p suradi
“Xo‘jand” va Tojikiston milliy terma jamoasining 30 yoshli yarim himoyachisi Fatxullo Fatxulloev Hindiston Superligasining ikki karra g‘olibi “Chennayn” klubi bilan shartnoma imzoladi, - deya xabar bermoqda “Xo‘jand” klubi matbuot xizmati.
Shuni aytish kerakki, ushbu o‘yinchi o‘tgan mavsumda “Buxoro” jamoasida tojikistonlik murabbiy Muhsin Muhammadiev bilan birga faoliyat olib borgandi. Ushbu mavsumda esa, Fatxulloev “Xo‘jand”da to‘p surdi va yakunda jamoasi bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.
- Men “Chennayn” klubi ishtirokidagi ko‘plab uchrashuvlarni tomosha qildim, jumladan, o‘tgan mavsum davomidagi o‘yinlarni ham. Bu Hindistonning eng kuchli klublaridan biri bo‘lib, fantastik ishqibozlariga ega. Mana shunday jamoada to‘p surish imkoni yuzaga kelgan zahoti hech o‘ylab o‘tirmadim va taklifni qabul qildim. Men o‘zimning yangi jamoadoshlarim bilan tezroq tanishishni istayman hamda ular bilan birga boshlanajak mavsumda hind Superligasini yutish orzusidaman, - dedi Fatxulloev “Chennayn” klubi saytiga.



Fikrlar