"Buxoro" Ro‘zimboy Ahmedov va yana ikki futbolchi bilan shartnoma imzoladi

  • 11.01.2022 15:01
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsum o‘z oldiga Superligaga chiqish vazifasini qo‘ygan "Buxoro" yangi transferlarni amalga oshirmoqda.

Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, "Buxoro" uch futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Jamoa yangi mavsum oldidan Rustam Abduxamidov, Ro‘zimboy Ahmedov va Obid Jo‘raboev bilan ushbu yil yakuniga qadar kelishuvga erishdi.

Buxoroliklar biroz oldinroq serbiyalik darvozabon Nikola Stoshich jamoa yig‘iniga kelib qo‘shilganligi haqida xabar bergan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!