"Buxoro" serbiyalik legioner bilan shartnoma imzoladi
"Buxoro" klubi o‘z safiga yangi futbolchi — serbiyalik markaziy himoyachi Velko Filipovichni qo‘shib oldi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
1999 yil 11 oktyabrda tug‘ilgan futbolchi professional faoliyati davomida Tailand chempionatida bir qator klublar safida to‘p surgan. U baland bo‘yi, jismoniy kuchi va himoyadagi ishonchli o‘yini bilan ajralib turadi.
Faoliyati davomida u Serbiya va Tailand chempionatlarida to‘p surgan. Ilk bor bizning chempionatga ko‘chib o‘tdi.
Fikrlar