
"Buxoro" Toshkentdagi yig‘inini barvaqt yakunlashga majbur bo‘ldi
Xabaringiz bor, «Buxoro» jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini Toshkentda olib borayotgan edi.
Ushbu yig‘in rejaga ko‘ra 16 yanvar sanasiga qadar davom etishi kerak edi. Ammo ob-havoning noqulay kelganligi tufayli murabbiylar shtabi mazkur yig‘inni barvaqt yakunlashga hamda jamoamiz futbolchilariga to‘rt kunlik dam berishga qaror qilishdi.
Navbatdagi yig‘in 16 yanvardan Buxoroda davom ettiriladi, - deya xabar bermoqda "Buxoro" matbuot xizmati.
Fikrlar