"Buxoro yo‘lbarsi" Toshkentda engilmas sportchiga qarshi jang qiladi
Xabaringiz bor, 23 noyabr kuni “Humo” arenada GFC 20 turniri bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilmoqda. Mazkur jang oqshomida bir qator hamyurtlarimiz ham ringga ko‘tariladi. Jumladan, “Buxoro yo‘lbarsi” deya e’tirof etiluvchi, Muzaffar Rajapov ham oktagonga chiqadi. Uning o‘sha kungi raqibi ham ma’lum bo‘ldi. Rajapovga rossiyalik Vladimir Seliverstov raqiblik qiladi. Ushbu rossiyalik jangchi mag‘lubiyat bilmay kelmoqda. U faoliyati davomida 9 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.

Fikrlar