"Buxoro"da nima gaplar?

  • 29.01.2022 21:03
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Buxoro" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik ikkinchi bosqichini Toshkentda o‘tkazdi. 14 kun davom etgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlar doirasida, jamoa uchun jami beshta sinov-nazorat uchrashuvlar tashkillashtirildi. Tarkibga legioner futbolchilar qo‘shilishdi va o‘z navbatida nazorat uchrashuvlarida mahalliy futbolchilar ham ko‘rigdan o‘tishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Rahbariyat tomonidan, o‘quv-yig‘in uchun barcha shart-sharoitlar a’lo darajada tashkil qilib berildi. Umuman olganda, murabbiylar shtabi seleksiya ishlarining asosiy qismini Toshkentda olib borishdi. Hakim Fuzaylov tajribali futbolchilardan iborat raqobatbardosh jamoa shakllantirishga harakat qildi. Tarkibga nazar solsak, darvozada ikki karra "Osiyo Kubogi" finalchisi Nikola Stoshich, himoya chizig‘ida tajribali Obid Juraboev, Jasur Xasanov, Jamoliddin Ubaydullaev. Shuningdek, jamoa sardori Shavkat Salomov, qanotlarda tezkor futbolchilar Rustam Abduxamidov va Fayzullobek Jumanquziev, markazda mahoratli Anvar Juraev, Oleg Marchuk hamda hujum chizig‘ida Ruzimboy Ahmedov va Viktor Xomchenko to‘p tepishdi. Mavsum oldidan jangovar tarkib shakllantirildi.

Superliga jamoalari "So‘g‘diyona" va "Lokomotiv" bilan bo‘lgan o‘yinlar, bunga yorqin misol bo‘la oladi.  "Surxon" bilan oxirgi nazorat uchrashuvida Viktor Xomchenkoning yagona goli evaziga g‘alaba qozonib Toshkentdagi yig‘inni yuqori notada yakunlandi. Endigi tayyorgarlikni jamoa o‘z qarorgohida olib boradi. Rejada bir qator nazorat uchrashuvlari ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!