"Buxoro"da yana yangi futbolchilar
“Buxoro” Davron Fayziev boshchiligida o‘z qarorgohida astoydil mashg‘ulotlarni olib boryapti. Yangi o‘yinchilar kelishda davom etmoqda.
Buxorolik Shavkat Salomovning sobiq klubiga qaytgani haqida xabar bergandik. Shu bilan birga tarkibga “Dinamo”dan ham o‘yinchilar taklif qilingan. Jumladan, Amirjon Safarov, Hakimxon A’lamxonov va Bobur Qosimov “Buxoro”ga ko‘chib o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, ular yangi mavsumda buxoroliklar sharafini himoya qiladi.
“Qizilqum”da to‘p surgan Alisher Sanoevning ham “Buxoro”ga qo‘shilgani haqida saytimiz orqali xabar bergandik. Ushbu futbolchi klubda qolishi aniq bo‘lgan. Bundan tashqari, “Qizilqum”dan yana bir o‘yinchi – Suhrob Yarashev Davron Fayzievning mashg‘ulotlarida qatnashyapti.
“Buxoro” etakchilaridan biri Bobur Omonov jarohati sababli, hozircha mashg‘ulotlarda qatnasha olmayapti. Klubning tayyorgarlik rejasiga ko‘ra, 19 yanvargacha o‘z qarorgohida shug‘ullangach, 22 yanvarda Farg‘onaga yo‘l oladilar hamda “Hokim Kubogi” musobaqasida qatnashadi. Shundan so‘ng, tayyorgarlik bosqichining navbatdagi qismi Toshkentda olib boriladi.
Fikrlar