
Buyuk Leo: Messi La Ligada 400 ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi
Ispaniya chempionati 19-turida “Barselona” jamoasi o‘z maydonida “Eybar” futbolchilarini qabul qilib, 3:0 hisobida zafar quchdi.
Mazkur o‘yinda Lionel Messi gollardan biriga mualliflik qilib, La Ligada kiritgan gollari sonini 400 taga etkazdi va bu ko‘rsatkichga erishgan ilk futbolchiga aylandi.
Quyida bir nechta qiziqarli statistika keltirilgan:
- Messi 400 ta golni La Liganing 435 o‘yinida kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
- Messi La Liga tarixida 400 ta gol urgan ilk futbolchi. “Yuventus” a’zosiga aylangan Krishtianu Ronaldu hisobida La Liganing 292 uchrashuvida 311 to‘p.
- Kuchli uchlikka Telmo Sarra yakun yasadi. Uzoq 1940-50 yillarda to‘p surgan futbolchi “Atletik” tarkibida La Liganing 277 bahsida 251 gol urgan.
- Joriy mavsumda Messi Ispaniya chempionatining 17 bellashuvida 17 ta gol va 10 ta golli pasga mualliflik qildi. So‘nggi 5 turda u 8 ta gol kiritdi.
Fikrlar