
Byanka Andreesku 19 daqiqada chempion bo‘ldi
Kanadalik tennischi Byanka Andreesku Toronto shahrida o‘tkazilgan "Premera" musobaqasining bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Byanka final uchrashuvida amerikalik Serena Uilyamsga qarshi kortga chiqdi. O‘yinda hisob 3:1 bo‘lib turgan vaziyatda Serena o‘yinni oxirigacha davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Bunga sabab uning belidagi jarohat bo‘ldi.
Shu tariqa Andreesku 900 reyting ochkosi va 521,530 AQSh dollari mukofot puli bilan bir bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar