"Cadet European Cup 2026" turnirining ilk kuni 13 nafar dzyudoçimiz tatamiga chiqadi

  • 07.03.2026 13:35
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo

Biroz avval Turkiyaning Antaliya shahrida kadetlar oʻrtasida "Millennium Team Cadet European Cup 2026" turniri boshlandi. 

Musobaqada dunyoning 21 davlatidan kelgan jami 550 nafar dzyudochi medallar yoʻlida bahslarga kirishdi. Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi ham toʻliq tarkibda ushbu nufuzli turnirda ishtirok etadi. Bugungi ilk kungi bellashuvlarda terma jamoamizning   13 nafar dzyudochisi oʻz imkoniyatini sinab koʻradi. 

Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari:

QIZLAR
-40 kg: Iroda Sirojiddinova – Azrasu Kar (Turkiya)
-44 kg: Dilafruz Boltaboyeva – Sude Akan (Turkiya)
-44 kg: Alina Kolyucheva – Tugche Sahiner (Turkiya)
-48 kg: Charos Hikmatova – Ayla Akkaya (Turkiya)
-52 kg: Kumushbibi Ergasheva – Larissa Oliveira (Braziliya) 

OʻSMIRLAR
-50 kg: Ma’murjon Abduvahobov – Syumik Ishenaliev (Qirgʻiz Respublikasi)
-50 kg: Azizbek Raupov – Berkay Gun (Turkiya)
-55 kg: Bobur Yusupov – Mateus Fontes (Braziliya)
-55 kg: Shohjahon Usmonov – Ramis Asilbekov (Qirgʻiz Respublikasi)
-60 kg: Abubakr Sattorov – Chinar Demirezen (Turkiya)
-60 kg: Daavlatbek Ahrorov – Tsotne Phikidze (Gruziya) 
-66 kg: Lutfulloh Akbarov – Joao Koelo (Braziliya)
-66 kg: Akromjon Karimov – Battur Munhbat (Moʻgʻuliston)

Bu haqida Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!