"CAFA Nations Cup-2025". "B" guruhida ilk tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi

  • 30.08.2025 04:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, 29 sentyabrdan boshlab "CAFA Nations Cup-2025" turniri start oldi. O‘zbekiston milliy terma jamoamiz "A" guruhidan o‘rin olgan va bugun O‘monga qarshi o‘z yurishini boshlaydi. Ushbu bellashuv soat 19:30’da start oladi. 
 
Bundan tashqari, "B" guruhidagi ikki bellashuv ham bo‘lib o‘tdi. Unda Eron terma jamoasi Afg‘onistonni 3:1 hisobida taslim etdi. Hindiston esa Tojikistonni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 
 
Ushbu to‘qnashuvlardan so‘ng guruhda Eron terma jamoasi etakchilikni qo‘lga oldi. Hindiston esa 2-o‘rinni band qildi. Tojikiston va Afg‘oniston jamoalari 3 va 4-o‘rinlarda qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!