"CAFA Nations Cup". Bugun terma jamoamiz guruhdagi so‘nggi va hal qiluvchi uchrashuvini o‘tkazadi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoamiz "CAFA Nations Cup" turnirida ishtirok etmoqda va "A" guruhidan o‘rin olgan.
Vakillarimiz dastlabki 2 to‘qnashuvning birinchisida durang qayd etdi. Ikkinchi turda esa Turkmanistonni 2:1 hisobida taslim etdi. Bu orqali hamyurtlarimiz 4 ochkoga ega bo‘lgan holda, guruh etakchilaridan biri bo‘lib turibdi.
O‘mon ham xuddi biz kabi 4 ochko bilan kelmoqda va so‘nggi turda Turkmaniston bilan kuch sinashadi.
Jamoamiz esa "Olimpik" stadionida Qirg‘iz Respublikasi bilan hal qiluvchi to‘qnashuvda maydonga tushadi. Mazkur bellashuv bugun 5 sentyabr kuni 19:30’da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, guruhni 1-o‘rin bilan yakunlagan jamoa finalda Eron bilan to‘qnash keladi. 2-o‘rinni olib, keyingi bosqichga yo‘l olgan jamoa Tojikiston bilan 3-o‘rin uchun bahs olib boradi.
Fikrlar