
"CAFA Nation's Cup". O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi final bahsi qachon bo‘lib o‘tadi?
"CAFA Nation's Cup" turniri guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Tojikiston o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz yirik 5:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Turnir qoidasiga ko‘ra, ikki guruhda birinchi o‘rinni olgan termalar finalda to‘qnash keladi, ikkinchi o‘rinni egallashganlar esa uchinchi o‘rin uchun maydonga tushadi. "A" guruhida 100 fozlik natija qayd etgan vakillarimiz narigi guruh peshqadami Eron bilan o‘ynasa, Ummon va Qirg‘iziston termalari bronza medallari uchun kurashadi.
Final 20 iyun sanasida "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvning start hushtagi 20:30da chalinadi.
Fikrlar