Asosiy mazmunga oʻtish

“CAFA U-20 Championship 2026”. O‘zbekiston terma jamoasi ilk turda g‘alaba qozondi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Uchrashuv yakunlandi.

Tojikiston “CAFA U-20 Championship 2026” turniriga mezbonlik qilmoqda. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi ilk uchrashuvni Qirg‘iz Respublikasiga qarshi o‘tkazdi.

"Mazkur bellashuvda vakillarimiz 2:0 hisobida zafar quchdi. Gollarga Ulug‘bek Maratov hamda Sayfiddin Sodiqov mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari ikkinchi turda Afg‘oniston U-20 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 13 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q