Chagaev uch yilga qamaladi

Shveytsariya sudi hujjatlarni qalbakilashtirishga oid  "Chagaev ishi" bo‘yicha o‘z hukmini e’lon qilib, aybdorga shaxsga qamoq jazosi tayinladi. 
 
Shveytsariyaning "Ksamaks" klubining sobiq xo‘jayini, rossiyalik biznesmen Bulat Chagaev uch yillik hamoq jazosiga hukm qilindi. 2012 yili jamoa bankrotlikka uchragani tufayli Jeneva prokuraturasi Chagaevni hujjatlarni qalbakilashtirishda gumon qilib, hibsga olgandi.
 
Shveytsariya sudi Bulat Chagaevni aybdor deb topdi va uch yillik qamoq jazosini belgiladi. Rossiyalik biznesmen hukm o‘qilgan vaqtda sud zalida bo‘lgan.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!