"Challenge Samarkand-2026": 1450 nafar dan ziyod atletlar ishtirok etgan musobaqa qizgin tarzda o‘tdi
Samarqandda 12–13 sentabr kunlari “Challenge Samarkand-2026” xalqaro triatlon musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Nufuzli musobaqada dunyoning 40 ta davlatidan 1450 nafar dan ziyod atlet ishtirok etdi.
Samarqand yana bir bor xalqaro sport tadbiriga mezbonlik qildi. Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasi hududida tashkil etilgan “Challenge Samarkand-2026” musobaqasi triatlon ishqibozlari va professional sportchilarni bir maydonga jamladi. Musobaqa O‘zbekiston da triatlon sportini ommalashtirish, mahalliy sportchilarning xalqaro tajribasini oshirish nuqtayi nazaridan ham ahamiyatli bo‘ldi.
Turnir dasturidan bir nechta yo‘nalishlar, jumladan, o‘rta masofadagi triatlon, sprint, estafeta, ayollar yugurishi va bolalar uchun yugurish bahslari o‘rin oldi.
Asosiy startda professional sportchilar 1,9 kilometr suzish, 88 kilometr velosiped poygasi va 21,5 kilometr yugurish bosqichlarini bosib o‘tishdi.
Erkaklar o‘rtasida fransiyalik Sem Leydlou 3 soat 34 daqiqa 57 soniya natija bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Daniyalik Emil Xolm ikkinchi, Buyuk Britaniya vakili Uill Dreyp er esa uchinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekistonlik professional triatlonchi Kamron Xo‘jaev musobaqani 13-o‘rinda yakunladi.
Ayollar bahsida avstraliyalik Natali van Kuvorden 3:58:41 natija bilan birinchi bo‘ldi. Buyuk Britaniya vakili Deyzi Devis ikkinchi, ispaniyalik Sara Peres Sala esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Asadbek Abdulazizov ham triatlonda o‘zini sinab ko‘rdi. Musobaqaning e’tiborga molik jihatlaridan biri — o‘zbekistonlik yosh sports evar Asadbek Abdulazizovning ham ushbu startda ishtirok etgani bo‘ldi.
901-raqam bilan startga chiqqan Abdulazizov belgilangan masofani 1 soat 15 daqiqa 27 soniyada bosib o‘tib, musobaqani muvaffaqiyatli yakunladi.
Asadbek Abdulazizov sportda faqat bir yo‘nalish bilan cheklanib qolmayotgan yoshlardan biri sifatida ajralib turadi. U shaxmatdagi ishtiroki bilan ham o‘zbekistonlik sport muxlislariga tanish. Xususan, u xalqaro shaxmat musobaqalarida O‘zbekiston sharafini himoya qilib kelmoqda.
Bu safar esa u o‘zini butunlay boshqa yo‘nalishda — chidamlilik, jismoniy tayyorgarlik va iroda talab qiladigan triatlonda sinab ko‘rdi.
Triatlonning o‘ziga xos jihati shundaki, sportchi ketma-ket suzish, velosiped va yugurish bosqichlarini engib o‘tishi kerak. Shu bois bu sport turi nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki yuqori darajadagi sabr-toqat va ruhiy barqarorlikni ham talab qiladi.
Asadbekning “Challenge Samarkand-2026”da ishtirok etgani uning sportga bo‘lgan qiziqishi va o‘z imkoniyatlarini turli yo‘nalishlarda sinab ko‘rayotganini ko‘rsatadi.
“Challenge Samarkand-2026” shu tariqa Samarqandda nafaqat professional triatlonchilar, balki turli yosh va darajadagi sports evarlar uchun ham katta sport bayramiga aylandi. Musobaqada 40 davlatdan 1450 nafar dan ziyod atletning ishtirok etgani Samarqandning xalqaro sport tadbirlarini qabul qilish salohiyati tobora oshib borayotganini yana bir bor namoyon qildi.

Fikrlar