"Challenge Samarkand-2026": "Kids Run" 5 ta yosh toifasida bo‘lib o‘tdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Challenge Samarkand-2026 doirasida bolalar uchun maxsus Kids Run yugurish musobaqasi ham tashkil etildi. Unda 4 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etishi mumkin bo‘ldi. Bolalarning yoshiga qarab ular uchun turli masofalar belgilandi: 200, 400, 600, 800 va 1000 metr.

Startlar bolalarning yosh toifalari bo‘yicha alohida tashkil etildi:

4–5 yosh — soat 10:00;

6–8 yosh — soat 10:05;

9–11 yosh — soat 10:10;

12–14 yosh — soat 10:15;

15–16 yosh — soat 10:22.

Kids Run’ning asosiy maqsadi bolalarni kichik yoshdanoq sportga jalb qilish, ularda yugurish va faol hayot tarziga qiziqish uyg‘otishdan iborat bo‘ldi. Bunda bolalar professional sportchilar bilan bir festival muhitida ishtirok etib, o‘zlarini katta sport musobaqasining bir qismi sifatida his qilish imkoniga ega bo‘ldi.

Unda yosh Asliyahon Abdulazizova, Asmina Abdulazizova va Asilbek Abdulazizovlar ham qatnashishdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!