"Challenge Samarkand-2026": Leydlou va Kuvorden 15 ming dollardan mukofot puliga ega bo‘ldi
Challenge Samarkand-2026 professionalar o‘rtasidagi Middle Distance musobaqasi Challenge Family Gold Tier maqomiga ega bo‘ldi. Professional sportchilar uchun umumiy mukofot jamg‘armasi 75 ming AQSh dollarini tashkil etdi.
Challenge Samarkand-2026 triatlon musobaqasi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.
Mukofot jamg‘armasi — 75 ming dollar bo‘lgan turnir anchagina qizg‘in tarzda o‘tdi.
Mukofot puli erkaklar va ayollar o‘rtasida alohida taqsimlandi. Har bir yo‘nalishdagi sovrindorlar uchun taqsimot quyidagicha bo‘ldi:
1-o‘rin — 15 000 dollar
2-o‘rin — 9 000 dollar
3-o‘rin — 6 000 dollar
4-o‘rin — 4 000 dollar
5-o‘rin — 2 000 dollar
6-o‘rin — 1 500 dollar
Shu tariqa, erkaklar va ayollar g‘oliblari — Sem Leydlou hamda Natali van Kuvordening har biri 15 ming dollardan mukofot puliga ega bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin sohiblari 9 ming, bronza medal sohiblari esa 6 ming dollardan qo‘lga kiritdi.

Fikrlar