"Challenge Samarkand-2026": "Sprint Distance" ham qizgin tarzda o‘tdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Samarqandda 12–13 sentabr kunlari o‘tkazilgan xalqaro Challenge Samarkand-2026 triatlon festivali doirasida Sprint Distance musobaqasi ham bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yo‘nalishda ishtirokchilar 750 metr suzish, 19 kilometr velosipedda harakatlanish va 5 kilometr yugurish bosqichlarini bosib o‘tishdi. Sprint Distance trassasi sportchilardan qisqa masofada yuqori tezlik va chidamlilikni namoyish etishni talab qildi.

Musobaqaning suzish qismi Samarqanddagi eshkak eshish kanalida tashkil etildi. Velosiped bosqichi esa asosan Silk Road Samarkand majmuasi hududidagi tekis va tezkor 19 kilometrlik trassada o‘tkazildi. Yugurish qismi 5 kilometr masofani tashkil qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!