Chalxanoglu: Men birinchisi ham, oxirgisi ham emasman

  • 15 iyul, 2021, 22:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyalik yarim himoyachi Xakan Chalxanoglu “Milan”ning ashaddiy dushmani - "Inter" tarkibiga o‘tgani munosabati bilan "rossonerilar" muxlislari tomonidan bo‘layotgan tanqidlariga javob qaytardi.

Tecno

"Milan" va "Inter" tarixida Zlatan Ibragimovich, Ronaldo, Antonio Kassano, Kristian Veri va yana bir qator transferlar amalga oshirilgan. Shunday ekan, bu borada men birinchisi ham, oxirgisi ham emasman”, - degan Chalxanoglu.

Eslatib o‘tamiz, Italiya A seriyasining o‘tgan mavsumida "Inter" chempion bo‘ldi, "Milan" esa kumush medallarni qo‘lga kiritdi.

Chalxanoglu “Inter” safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. U “neradzurrilar” bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!