Charlz Oliveyra keyingi maqsadini ochiqladi!
Braziliyalik MMA ustasi Charlz Oliveyra keyingi maqsadini ochiqladi.
“Ayni damda Maks Xollouey bilan BMF kamar uchun oktagonga ko‘tarilishni xohlayapman. Bu unvonni olganimdan so‘ng, UFC ning engil vaznida chempionlik jangiga yana ega bo‘laman”, — dedi Braziliya vakili "Sportskeeda" portaliga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, 2010 yil UFC da debyut qilgan Oliveyra faoliyati davomida Donald Serrone, Frenki Edgar, Maks Xollouey, Entoni Pettis, Pol Felder, Toni Fergyuson, Maykl Chendler, Dastin Pore, Jastin Getji, Islam Maxachev, Arman Tsarukyan va Iliya Topuriya kabi yulduz jangchilar bilan oktagonda to‘qnash kelgan.
Fikrlar