Charlz Oliveyraning murabbiyi: "Maks Hollowey bilan jangda nima bo‘lganini haligacha hech kim tushunmaydi"
Braziliyalik UFC jangchisi Charlz Oliveyraning murabbiyi Diego Lima shogirdi va amerikalik Maks Holloway oʻrtasidagi birinchi jangdan hayratda ekanini aytdi.
"Hammasi juda gʻalati edi. Hatto bugungi kunda ham hech kim aslida nima boʻlganini bilmaydi. Ōshanda shifokorlar Charlzga Braziliyaga qaytish uchun ruxsat bermadi, chunki ular ham muammo nimada ekanini aniqlay olishmagan. Bu – hech kim tushunmagan juda jiddiy narsa. Mazkur magʻlubiyat hamon Oliveyraning ruhiy holati haqida uzoq vaqtdan beri savollar tugʻdirib kelmoqda", – deya Limaning soʻzlarini keltirdi "Bloody Elbow".
Eslatib oʻtamiz, 2015 yil avgust oyida Charlz Oliveyra Maks Holloway bilan toʻqnash kelgan va 1-raundda braziliyalik chap yelkasini ushlab, hakamga jangni davom ettira olmasligini aytgandi.
Fikrlar