
"Charm to‘p-2019": Respublika bosqichiga qur’a tashlandi
Musobaqaning final o‘yinida ishtirok etish uchun jamoalar Toshkentga etib kelishdi. Musobaqa mehmonlarini yuqori saviyadagi tayyorgarlik bilan kutib olish marosimlari tashkil etildi.
Kecha “Milliy” stadionining anjumanlar zalida “Charm to‘p-2019” futbol musobaqasining final bosqichida ishtirok etadigan jamoalar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, “Charm to‘p” musobaqalari orqali katta futbolga kirib kelgan o‘zbek futbolining yorqin yulduzlaridan biri, hozirda O‘FA qoshidagi Faxriylar kengashi raisining o‘rinbosari To‘lagan Isoqovlar ishtirok etdi.
Qurʼa natijalari quyidagicha koʻrinish oldi:
“A” guruhi
1. “Muxoman” (Xorazm)
2. “Sherobod” (Surxondaryo)
3. “G‘allaorol” (Jizzax)
4. “Chelachi” (Navoiy)
“B” guruhi
1. “Iqbol” (Toshkent.sh)
2. “O‘rikzor” (Samarqand)
3. “Baxrin” (Fargʻona)
4. “Ettiguzar” (Sirdaryo)
“S” guruhi
1. “Oqqamish” (Qashqararyo)
2. “Shodlik” (Toshkent.v)
3. “Nekkeshi” (Buxoro)
“D” guruhi
1. “Do‘stlik” (Qoraqalpogʻiston)
2. “Yakkatut” (Andijon)
3. “Navkent” (Namangan)
Eslatib o‘tamiz, bugundan Respublika bosqichi boshlanadi. 28 avgust kuni esa final o‘yini bo‘lib o‘tadi.
Yurtdoshlarimizni mamnuniyat ila ushbu musobaqaga taklif qilib qolamiz. Marhamat tashrif buyuring, sevimli jamoangizni qo‘llab-quvvatlang va futbol bayramidan bahramand bo‘ling.
Fikrlar