"Chelsi" 1 yil qamoqda o‘tirgan futbolchiga qiziqqani rostmi?

  • 4 aprel, 2020, 22:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi hujumchisi Aleksandr Kokorin qishda "Chelsi"dan qiziqishlar bo‘lgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.

Tecno

“Aniq hech narsa bo‘lmagan. Mish-mishlar ko‘p bo‘ldi. Ko‘pchilik o‘shanda shunchaki vaziyatni bilish uchun men bilan bog‘langan”, - deydi Kokorin.

Kokorin bezorilik qilgani uchun 2018 yilning oktyabridan 2019 yilning sentyabriga qadar qamoq jazosini o‘tab chiqdi. U mavsumni "Sochi" safida ijarada o‘tkazmoqda. Hozircha 4 ta o‘yinda maydonga tushgan Aleksandr o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!