"Chelsi" 33 yildan beri kuzatilmagan antirekordni qayd etdi
Londonning "Chelsi" klubi APL 35-turining so‘nggi o‘yin kunida "Nottingem Forest"ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu natija jamoa uchun ketma-ket oltinchi mag‘lubiyatga aylandi.
G‘alabasiz seriyasi "Nyukasl"ga qarshi o‘yindan boshlangan edi. Keyin "Everton", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Brayton" va endi "Nottingem Forest"dan mag‘lubiyatlar qayd etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, "Chelsi" Angliya oliy divizionida bunchalik omadсиз seriyani so‘nggi bor 1993 yilda boshdan kechirgan. O‘shanda ham jamoa ketma-ket oltita o‘yinda yutqazgan va mavsumni turnir jadvalida faqat 14-o‘rinda yakunlagan edi.

Fikrlar