
"Chelsi" 38 million evroga himoyachi sotib oldi
"Monako" himoyachisi Benua Badiashile "Chelsi"ga o‘tishi kutilyapti.
Insayder Fabritsio Romano bergan xabarga ko‘ra, klublar allaqachon kelishuvga erishib bo‘lgan. Tez orada rasmiy xabar berilishi kutilyapti.
21 yoshli frantsuz London klubida bu xafta tibbiy ko‘rikdan o‘tilishi kutilyapti. "Monako" Badiashile uchun 38 million evro olishi kutilyapti.
Joriy mavsumda Benua Liga 1 doirasida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar