"Chelsi" 52 millionga "Kristal Pэlas"dan Lakruani sotib olmoqda
«Chelsi» klubi «Kristal Pэlas» markaziy himoyachisi Maksans Lakruani sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Fransiya terma jamoasi a’zosi, 26 yoshli futbolchi uchun londonliklar taxminan 52 million funt to‘laydi.
Manbalarga ko‘ra, Lakrua bugun «Chelsi» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Agar barchasi rejaga muvofiq kechsa, u klub bilan olti yillik shartnoma imzolaydi.
O‘tgan mavsumda Lakrua APLda 35 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda «Kristal Pэlas» Lakruani «Volfsburg»dan 18 million yevro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar