"Chelsi" APLda 29 daqiqa o‘ynagan hujumchiga yangi shartnoma taklif qiladi
«Chelsi» klubi yangi bosh murabbiy Xabi Alonso qo‘l ostida doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganiga qaramay, braziliyalik hujumchi Estevao Villian bilan yangi mehnat shartnomasi imzolashni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yosh iste’dod hozirda «aristokratlar» bilan 2033 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma asosida o‘ynamoqda.
Shunga qaramay, London klubi kelishuvni yangilashga qiziqish bildirmoqda. Daily Mail nashri yozishicha, «Chelsi» Estevaoning mehnati va sabr-toqatini rag‘batlantirishni, shu orqali unga bo‘lgan ishonchini namoyish etishni istamoqda.
Estevao joriy mavsum Angliya premer-ligasida beshta o‘yinda maydonga tushdi, biroq hozircha gol ham, golli pas ham qayd etmagan.

Fikrlar