
"Chelsi" APLdagi raqibidan futbolchi sotib olmoqchi
"Daily Express" nashri xabariga ko‘ra, "Chelsi" "Everton" darvozaboni Jordan Pikfordni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Avvalroq, angliyalik darvozabonga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq londonliklar mankunianliklar bilan raqobatlashishga tayyor.
28 yoshli Pikfordning "Everton" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. "Transfermarkt" portali angliyalik kmperning narxini 28 million evroga baholamoqda.
2022/23 yilgi mavsumda darvozabon jamoa safida 6 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol o‘tkazib yubordi va bitta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar