«Chelsi» APLning joriy mavsumida ilk bor o‘z darvozasidan gol o‘tkazmadi

  • 17.10.2026 19:55
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi» Angliya Premier-ligasining 7-turida «Everton»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu londonliklarning joriy mavsumda chempionat doirasida o‘z darvozasidan gol o‘tkazmagan ilk uchrashuvi bo‘ldi.

Liverpuldagi «Hill Dikinson» stadionida o‘tgan bahsda Pedru Netu dubly qayd etdi. U 46-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 90-daqiqada ikkinchi golini urdi.

«Chelsi» joriy mavsumda «Fulxem»ni 3:2, «Brayton»ni 4:3 va «Bornmut»ni 5:1 hisobida mag‘lub etgan. Shuningdek, «Arsenal»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan, «Xall Siti» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan va «Brentford»ga 0:3 hisobida yutqazgan edi.

Keyingi turda «Chelsi» 24 oktyabr kuni o‘z maydonida «Tottenxem»ni qabul qiladi.

Ma’lumot uchun, mazkur g‘alabadan so‘ng «Chelsi» 13 ochko bilan APL turnir jadvalining to‘rtinchi pog‘onasida bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!