"Chelsi" "Atletiko" futbolchisi uchun 80 million evrodan voz kechmoqchi
"Chelsi" Madridning "Atletiko" klubi futbolchisi Pablo Barriosning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqida ispan OAVlari ma'lum qildi.
Manbada berilgan ma'lumotga ko‘ra, ingliz grandi ispaniyalik havbek uchun 80 million evrolik taklif tayyorlamoqda. London klubi rahbariyatining fikricha, Pablo jamoa bosh murabbiyi Rosenyorning tuzayotgan rejasiga juda mos tushadi.
Barriosning ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 60 million evroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli futbolchi joriy mavsum madridliklar safida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar