Asosiy mazmunga oʻtish

“Chelsi” Azarning rekordini yangilagan 17 yoshli vunderkindga xaridor

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Pochettino uni kutyapti

Evropa matbuotining yozishicha, “Chelsi” mutasaddilari 17 yoshli Leni Yoroning transferi bo‘yicha ish boshladi.

Bu himoyachi ayni paytda “Lill” sharafini himoya qilmoqda. Leni Yoro frantsuz klubidagi debyutini 2022 yilning mayida nishonlagan va “Lill” tarixidagi eng yosh debyutant sifatida rekord o‘rnatgan.

Bungacha rekor ko‘rsatkich yozda futbolchilik faoliyatini yakunlagan Eden Azarga tegishli bo‘lib turgandi.

Hozir Leni Yoro yosh bo‘lishiga qaramay, jamoasining asosiy tarkibida asosiy figuralardan biriga aylangan.

Bu o‘yinchini “aristokratlar”dan tashqari PSJ, “Borussiya Dortmund”, “Liverpul”, “Atletiko” va “Manchester Yunayted” kabi katta klublar ham o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q