“Chelsi” begona transferdan kattagina daromad oladi
Londonning “Chelsi” klubi Fransiyaning “Strasbur” jamoasi vingeri Diego Moreyraning “Milan”ga o‘tishidan yaxshigina daromad oladi.
Bugun ertaroq Moreyra 71 million yevroga, yaʼni 60,9 million funtga “Milan”ga o‘tishini rasmiy yakunladi. Ushbu summaning 21 million yevrogacha bo‘lgan qismi bonuslardan iborat. Shundan 16 million yevro, yaʼni 13,7 million funt miqdoridagi bonuslarni qo‘lga kiritish oson deb baholanmoqda.
“Chelsi” 2024 yilda Moreyrani bor-yo‘g‘i 1,7 million funtga “Strasbur”ga qo‘yib yuborib, ko‘pchilikni hayratda qoldirgan edi. Biroq londonliklar oldindan shartnomaga shunday band kiritgandiki, u orqali klub futbolchining keyingi sotuvidan “Strasbur” ko‘radigan foydaning taxminan 40 foizini olishi mumkin.
Shu tariqa, Evening Standard maʼlumotiga koʻra, “Chelsi” 22 yoshli belgilaylikning “Milan”ga transferidan katta manfaat ko‘radi. Moreyra o‘tgan mavsumda Frantsiya Liga 1 musobaqasida 27 ta oʻyinda 4 ta gol urib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar