“Chelsi” besh nafar yulduzni ko‘chada qoldirmoqchi

  • 5 fevral, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda “Chelsi” rahbariyati besh nafar futbolchi bilan  xayrlashadigan bo‘ldi. Klub rahbariyati moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmaslik uchun shu qarorga keldi.

Tecno

Chunki “aristokratlar” qishki transferlar davrida 330 million evro sarflab, bir necha o‘yinchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Endi maoshlar fondini tartibga solish uchun klub mutasaddilari hujumchi Per-Emerik Obameyang, yarim himoyachilar Hakim Ziesh, Kristian Pulishich, Mateo Kovachich, va himoyachi Kalidu Kulibalini sotib yubormoqchi.

Shuningdek, yuqori nomi keltirilgan o‘yinchilardan tashqari,  Ben Chilluel,  Konnor Gallaxer, Romelu Lukaku va Kalum Xadson-Odoining kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. Murabbiylar shtabi bu futbolchilar xizmatidan ham foydalanmoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!