“Chelsi” bir o‘yinchi uchun to‘rttasidan voz kechmoqda
Football Insider nashrining xabar berishicha, “Chelsi” rahbariyati Levi Kolvillni o‘z tarkibida saqlab qolish uchun maksimal darajada harakat qiladi.
Bu futbolchiga “Liverpul” og‘iz sola boshladi. “Aristokratlar” markaziy himoyachini yaqin orada jahon darajasidagi yulduz bo‘lishiga ishonmoqda va shu bois, liverpulliklarning “hujumi”dan saqlab qolmoqchi.
“Chelsi” Kolvillni olib qolish uchun o‘z tarbiyalanuvchilaridan to‘rt nafarini sotib yuborishga tayyor. Klub rahbariyati yozdi Ian Maatsen, Trevo Chaloba, Armando Broyya va Konor Gallaxer bo‘yicha keladigan takliflarni ko‘rib chiqadi.
21 yoshli Kolvill ham klub akademiyasidan chiqqan. U himoyaning markazi va chap qanotda o‘ynay oladi. Bir yil muqaddam Levi Kolvill asosiy jamoaga qabul qilib, u bilan 2029 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma imzolandi.
Fikrlar