"Chelsi" bu futbolchi uchun 100 million evro to‘lashga tayyor!
Turinning "Yuventus" klubi va Serbiya terma jamoasi hujumchisi Dushan Vlaxovichga "Chelsi"dan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda, deb xabar bermoqda CalcioMercato.
Manba bergan xabarga ko‘ra, “aristokratlar” 22 yoshli futbolchi uchun uchun taxminan 100 million evro to‘lashga tayyor.
Avvalroq, Vlaxovichning xizmatlariga "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Vlaxovichning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2026 yilning yoziga qadar imzolangan. Transfermarkt portali futbolchini 80 million evroga baholamoqda.
Serbiyalik hujumchi joriy mavsum “Yuventus” safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar