"Chelsi" bu safar "Real" nishonidagi futbolchiga ko‘z tikdi

  • 20 yanvar, 2023, 19:24
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Chelsi" o‘z tarkibiga yana bir futbolchini qo‘shib olmoqchi. 

"La Repubblica" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, londonliklar "Inter" vakili Denzel Dyumfris transferiga qiziqib qolgan. Bosh murabbiy Grem Potter uni ko‘p jarohat olayotgan Ris Jeymsning o‘rnida o‘ynatishni reja qilgan. Jamoa niderlandiyalik himoyachi uchun 35 million evro atrofidagi mablag‘ taklif etib, rad javobini olgan.

Milanliklar Denzel transferidan 50 million evrodan ko‘proq pul ishlab olmoqchi. Shu sabab muzokaralarning oldinga siljishi qiyin bo‘lmoqda. Unga Madridning "Real"idan ham qiziqish bor. "Aristokratlar" bir necha kun oldin "Arsenal" sotib olishga uringan Mixaylo Mudrik transferini e’lon qilgandi.

26 yoshli futbolchi joriy mavsum "nerradzurri"lar libosida 23 o‘yinda qatnashib, 2 gol va 3 assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!