“Chelsi” bu transferga shoshilyapti
“Chelsi” rahbariyati oldindagi transfer bozorlarida asosiy nishon sifatida “Ayaks” yarim himoyachisi Edson Alvaresni belgiladi.
“Aristokratlar” bu futbolchi yordamida maydon markazini mustahkamlashni rejalashtirmoqda. Aslida londonliklar Alvaresni yozda sotib olmoqchi edi. Ularning 40 million funtlik taklifi “Ayaks” tomonidan rad etildi.
Bunga amsterdamliklarni bir necha etakchi o‘yinchisi bilan xayrlashgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Meksika terma jamoasining 24 yoshli yarim himoyachisini qo‘lga kiritish uchun “Chelsi” mutasaddilari Alvaresga yanvarda taklif yubormoqchi bo‘layotgan “Liverpul” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar