"Chelsi" darvozabon uchun 30 million yevro to'lashga tayyor

  • 08.06.2026 14:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" darvozaboni Mayk Menyan faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirishi mumkin.

"Calciomercato" nashri ma'lumotiga ko‘ra, Londonning "Chelsi" klubi fransiyalik posbonni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko‘ra, ehtimoliy transfer qiymati taxminan 30 million evroni tashkil qilishi mumkin. Shuningdek, Menyaning o‘zi ham Angliyaga ko‘chib o‘tish variantiga ijobiy qaramoqda.

30 yoshli darvozabon o‘tgan mavsum A Seriyada 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U 35 ta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, 15 ta bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Menyaning "Milan" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyun oyining oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!