“Chelsi” darvozaboni yig‘indan ketib qoldi

  • 29.07.2026 10:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mahoratli darvozabon Filip Yorgensen klubini almashtirish uchun “Chelsi” jamoasining Avstraliya va Osiyodagi mavsumoldi yig‘inini muddatidan avval tark etdi.

Talksport nashri ma’lumotiga ko‘ra, Yorgensen Buyuk Britaniyaga qaytgan va yaqin kunlarda “Chelsi”ga qarashli “Strasbur” klubiga o‘tishini rasmiylashtirishi kutilmoqda. Avvalroq unga “Koventri” ham qiziqish bildirgan edi.

Yorgensen yanvar oyidayoq “Chelsi”ni tark etishni istagan, ammo o‘shanda klub 24 yoshli darvozabonning ketishiga ruxsat bermagan.

U o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda ishtirok etdi. Shulardan faqat 5 tasi Premyer-liga bahslariga to‘g‘ri kelgan.

Yorgensen ketgach, asosiy darvozabon Robert Sanchesning birinchi o‘rinbosari vazifasi 20 yoshli Mayk Pendersga ishonib topshirilishi kutilmoqda. Penders o‘tgan mavsum aynan «Strasbur» safida ijara asosida to‘p surgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!