"Chelsi" etakchisi Evropa ligasi finalini o‘tkazib yuboradi

  • 26.05.2019 20:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi N'Golo Kante “Arsenal”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Evropa ligasi finalini o‘tkazib yuboradi.

The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Kante kechagi mashg‘ulotlarda tizzasidan jarohat olgan.

Ta’kidlash kerakki, Bokudagi o‘yinda shuningdek Antonio Ryudiger, Kallum Xadson-Odoi va Ruben Loftus-Chik kabi futbolchilar ham jarohati sabab “aristokratlar”ga yordam bera olishmaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” – “Arsenal” bahsi 29 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!