“Chelsi” Yevrokuboklarda o‘ynashdan bosh tortdi
“Chelsi” Yevropa qit’asining Chempionlar ligasidan keyingi ikki turniri – Yevropa ligasi yoki Konferensiyalar ligasida qatnashishni istamayapti.
Agar “Chelsi” Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, klub kelasi mavsumda umuman evrokuboklarda qatnashmaslikni afzal ko’radi.
“Chelsi” Angliya kubogi finalida “Manchester Siti”ga 0:1 hisobida mag’lub bo’lib, Yevropa ligasiga yo’llanma olish imkoniyatini qo’ldan chiqardi.
Premyer-liga mavsumi tugashiga ikki tur qolganida “aristokratlar” to’qqizinchi o’rinda bormoqda va eng yaxshi holatda Yevropa ligasi yoki Konferensiyalar ligasi yo’llanmasi uchun kurashishi mumkin.
BBC ma’lumotiga ko’ra, Yevropa ligasi va ayniqsa, Konferensiyalar ligasida ishtirok etishdan keladigan moliyaviy foyda “Chelsi” uchun juda kam hisoblanadi.
Shuning uchun ular kelasi mavsumda xalqaro turnirlarda qatnashmaslikni ma’qul ko’rmoqda. Bundan tashqari, evrokuboklarda qatnashmaslik “Chelsi”ga Yevropa moliyaviy feyr-pley qoidalariga amal qilmaslik imkonini beradi.
Chunki Yevropa qoidalari Premyer-ligadagi qoidalarga qaraganda ancha qattiqroq hisoblanadi.

Fikrlar