“Chelsi” futbol tarixidagi supertransferni amalga oshiryapti

  • 27 avgust, 2022, 22:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar “Lester” futbolchisi Uesli Fofanani o‘z safiga qo‘shib olioqchi.

Agar bu transfer amalga oshsa, Fofana futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylanadi.

L’Équipe nashrining ma’lum qilishicha, “Chelsi” bu o‘yinchi uchun “tulkilar”ga birdaniga 82,5 million evro o‘tkazib beradi. Keyinchalik “aristokratlar” yana bir necha million evro miqdorida bonus to‘lab boradi.

Ayni paytda eng qimmat himoyachi sifatida Harri Maguayr qayd etilgan. “Manchester Yunayted” bu o‘yinchi uchun “Lester”ga 87 million evro to‘lagan. Ikkinchi o‘rinda “Ayaks”dan “Yuventus”ga 85,5 million evroga ko‘chib o‘tgan Matteys de Ligt turibdi. Shuningdek, “Liverpul” vakillari Virjil van Deyk uchun “Sautgempton”ga 84,65 million evro bergan transfer kuchli uchlikdan joy olgan. Fofananing transferi bulardan qimmatga tushadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!