“Chelsi” futbolchi so‘ragan raqibni "qo‘rqitdi"

  • 10 mart, 2022, 15:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tuttomercatoweb nashrining xabar berishicha, “Chelsi” rahbariyati Armando Broyyaning transferini so‘ragan “Arsenal”ga hujumchining narxi qancha bo‘lishini ma’lum qilgan.

Tecno

Albaniyalik hujumchi joriy mavsumni ijara asosida “Sautgemptgon” safida o‘tikazmoqda. Armando yosh bo‘lishiga qaramay, “avliyolar”ning asosiy futbolchisiga aylanib ulgurdi. “Sautgempton” xo‘jayinlari ham iqtidorli o‘yinchini o‘z safida olib qolishga qarshi emas. Ular 20 yoshli hujumchini 30 million funt atrofidagi narxga sotib olishga tayyor.

“Arsenal” Armando Broyya uchun 45 million evro taklif qilyapti. Biroq, bu narx “aristokratlar”ni umuman qoniqtirmaydi.

“Chelsi” o‘z tarbiyalanuvchisini 70 million evroga baholadi. Mutaxassislar “Chelsi” yosh o‘yinchini ushlab qolish uchun katta summa so‘rayotganini ta’kidlamoqda. Bosh murabbiy Tomas Tuxel esa, kelasi mavsumda Broyyani asosiy tarkibga jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!