"Chelsi" futbolchisi bu mavsum boshqa o‘ynamaydi

  • 23 aprel, 2019, 13:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi vingeri Kallum Xadson-Odoi kecha APLning 35-turida “Byornli”ga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda jarohat oldi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, 18 yoshli angliyalik futbolchi maydonni shifokorlar yordamida tark etdi. Keyinchalik Xadson-Odoi o‘zining tvitterdagi sahifasida jarohati jiddiy ekani va bu mavsum boshqa maydonga tusholmasligini yozdi.

Ma’lumot uchun, Xadson-Odoi joriy mavsum “aristokratlar” safida jami 29ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!